Tizim muallifi xaqida
Usarov Sardor Abdunazirovich 1989 yil 28 may kuni Jizzax tumanida tavallud topgan. 2009-2013 yillarda Jizzax davlat pedagogika institutining "Fizika matematika" fakultetining "Matematika informatika" yo'nalishida bakalavr bosqichida ta'lim olgan. 2013-2015 yillarda shu oliygohning Matematika o'qitish metodikasi yo'nalishida magistr darajasini olgan. 2015 yildan hozirgi kungacha Jizzax davlat pedagogika universitetining Matematika va informatika fakultetida o'qituvchi lavozimida ish faoliyat olib bormoqda.
Toshkent davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi Usarov Sardor Abdunazirovichning pedagogika fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi yuzasidan chop etilgan ilmiy ishlardan, “Elementarnaya matematika” nomli о‘quv-uslubiy qо‘llanma, “О‘quvchilarda mantiqiy kompetentlikni shakllantirishda Web texnologiyalar vositalaridan foydalanishning dasturiy ta’minoti” nomli elektron о‘quv qо‘llanma (О‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining DGU 15348 sonli guvoxnomasi) va о‘quvchilarning mantiqiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan testlar tо‘plamiga oid elektron ta’lim resurs (О‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining DGU 15010 sonli guvoxnomasi) da umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quvchilarining mantiqiy kompetentligini rivojlantirishda mantiq elementlarini о‘qitishning nazariy asoslari, boshqa mavzularga tadbiq etishning amaliy imkoniyatlarini о‘quvchilarga yetkazib berishda, tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan metodik ta’minot, elektron metodik tizim, shuningdek, elektron о‘quv-uslubiy resurs о‘quv jarayonida samarali qо‘llanilib, о‘quvchilarning amaliy mashg‘ulotlardagi masalalarni yechishda, shuningdek olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qо‘llay olish kо‘nikmalarini shakllantirishga sezilarli darajada yordam bermoqda.
Bog'lanish uchun
+998 91 199 53 55